"Inter" 15 mln evrolik transferni amalga oshirishga yaqin

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
"Udineze" futbolchisi Lazar Samarjich "Inter"ga o'tadi.

Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, klub va futbolchi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi va u yiliga 1,8 mln evro maosh oladi. Futbolchining transfer summasi 15 mln evroni tashkil qiladi.

O'tgan mavsumda xavbek A Seriyaning 37 o'yinida qatnashib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klubi bilan amaldagi kelishuvi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira