Insine "Napoli" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savolga javob berishdan bosh tortdi

Alisher
29 okt 2021, 12:23
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine klub bilan shartnomani uzaytirish haqida berilgan savolga javob bermadi.

"Sizlar doim mendan bir xil narsani so'raysizlar. Men faqat futboldagi o'yin haqida o'ylayman. Qolgan savollarni klub prezidenti va agentim hal qiladi", - deydi Insine.

Insine 2021/22 yilgi mavsum "Napoli" tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.

30 yoshli italiyalikning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal