Insine: "Gattuzo bilan rivojlana olamiz"

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 13:28
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine YCHL 1/8 finali doirasida "Barselona"ga qarshi o'yin haqida to'xtaldi.

"Turnirni tark etish juda og'ir. Yuqori klassdagi jamoaga qarshi o'ynashimizni bilardik. Birinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazishimiz mumkin edi. Umuman olganda turnirni yaxshi o'tkazdik.

"Barselona"da individual kuchli futbolchilar juda ko'p. Biz esa jipsroq va yopiqroq o'ynashga harakat qildik, biroq harakatlarimiz hammasi ham o'xshamadi.

Gattuzo bilan rivojlana olamiz, bunga ishonaman. Birinchi bo'limda katta qiyinchilikka duch keldik. Bugungi o'yinga qadar biz to'xtovsiz o'yinlarda qatnashdik. Kelasi mavsumda yuqori natijalarga erisha olamiz", - dedi Insine.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia