Insayder: Insine MLS klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
8 yanv 2022
Italiyalik hujumchi Lorenco Insine faoliyatini MLSda davom ettiradi.

Forvard Kanadaning "Toronto" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Lorenconing transferi borasidagi xabar bugun e'lon qilinadi. Italiyalik yangi klubiga 2021/22 yilgi mavsum so'nggida erkin agent maqomida o'tadi. Forvard joriy mavsumni "Napoli"da yakunlab qo'yadi.

Insine "Napoli" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U bosh jamoada 2012 yildan beri to'p tepadi. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano