Insayder: “Beyl haqidagi xabar yolg'on”

Eldor Akmurzayev
26 may 2021, 21:45
Jurnalist Fabricio Romano “Real” vingeri Garet Beylning Evro-2020'dan keyin faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.

“Garet Beyl Yevropa chempionatidan faoliyatini yakunlashni rejalashtirmagan.

Mish-mishlarga qaramasdan, Beyl kelajagi borasida qarorni kutmoqda: unda hali hamon “Real” bilan shartnomasi bor va “Tottenxem”ga yangi bosh murabbiy tayinlangandan keyin u bilan uchrashadi.

Biroq, Beyl faoliyatini tugatmasligi aniq. Bu yolg'on”, deydi Romano.

Beyl faoliyatini Evro-2020'dan so'ng yakunlashga qaror qildi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano