Beyl faoliyatini Evro-2020dan so'ng yakunlashga qaror qildi

Alisher
26 may 2021, 14:35
Transfer huquqi "Real"ga tegishli uelslik vinger Garet Beyl futboldan ketish haqida o'ylab qoldi.

31 yoshli yarim himoyachi Yevropa chempionati-2020ni qabul qilmoqchi va shundan so'ng uni xohlamayotgan "qaymoqranglilar" rahbariyati bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqchi.

Uning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Agar u "Real"dan ketsa, faoliyatini yakunlashi mumkin.

Beyl o'tgan mavsumni Londonning "Tottenxem" jamoasida ijara asosida o'tkazdi. O'yinchi APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Abc.es.