Ingliz klubi Lo Chelso uchun 68 million evro to'lamoqchi

Alisher
20 iyul 2019, 11:40
"Tottenxem" "Betis" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Shporlar" Argentina terma jamoasi futbolchisi uchun 68 million evro taklif qilishmoqda.

Lo Chelso avvaliga PSJdan ijaraga olindi, keyinchalik uning transfer huquqi to'laqonli ispan klubiga o'tdi.

Futbolchi yakunlangan mavsum ispan jamoasi safida 46ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 6ta assistga erishdi.

Yarim himoyachi 2017 yildan buyon Argentina terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Transistor