Ingliz hakamlari yana "qovun tushirdi"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2016, 12:50
Kecha Angliya liga Kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi, "Manchester Siti" va "Everton" (3:1) o'rtasidagi bahsda mehmonlar hakamdan norozi bo'ldi.

Hakamlar Sterlingning krossidan so'ng to'p maydonni tark etganini ko'rmay qoldi va bu bilan ularga ko'proq texnologiya yordami kerakligini yana bir marotaba isbotlashdi.


O'yin bosh hakami Martin Atkinsonga qanotda yordam bergan Skot Lejer to'p maydonni tark etganini ko'rmay qoldi va o'sha vaziyatda Sterlingning pasidan so'ng Kevin de Bryuyne hisobni 3:1ga etkazadi. Bu shubhali holat edi, ammo sekinlashtirilgan kadrlar yordamida to'p chiziqni butunlay tark etgani yaqqol ko'ringan.


Katta tezlikda yugurib bu vaziyatni 40 metr uzoqlikdan ko'ra olishning umuman iloji yo'q.


Bunday paytlarda texnologiya yordamga kelishi kerak, xuddi gol aniqlash tizim kabi yoki takroriy lavhalardan foydalanishni yo'lga qo'yish kerak. "Everton" bir necha kun oldin ham hakamlarning xato qaroridan jabr chekkan edi. O'sha uchrashuvda "Chelsi" himoyachisi Jon Terri ofsayddan gol urib ketgan.


"Everton" utozining fikricha, bu xato o'yin taqdiriga ta’sir ko'rsatgan: "Xato tufayli uchrashuv natijasiga ta’sir ko'rsatildi. Bu juda achinarli xol. Agar bu gol bo'lmaganida bahs umuman boshqa hisob bilan yakun topishi mumkin edi".


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail