

“Barcha o'yinlarni ko'rdim va aniq ayta olamanki, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi guruh bosqichi guvohi bo'ldik. Bu fakt turnirdagi qolgan o'yinlarni yanada qiziqarli qiladi”, - dedi Infantino.
Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida sakkizta o'yin qoldi. 9 va 10 dekabr kunlari jahon chempionatining yarim final chiptalari o'ynaladi. Xorvatiya Braziliyaga, Niderlandiya Argentinaga, Angliya Fransiyaga, Marokash Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.



