Infantino Braziliya - Argentina o'yini oldidan yuz bergan tartibsizliklarga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
23 noya 2023, 09:55
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2026 saralashi doirasida Braziliya hamda Argentina terma jamoalari uchrashuvi oldidan yuz bergan tartibsizliklar haqida gapirdi.

"Futbolda maydonda ham, undan tashqarida ham zo'ravonlikka yo'l yo'q. "Marakana" stadionida Braziliya hamda Argentina o'yini vaqtida ro'y bergan voqealarga bizning sportimizda joy yo'q.

Barcha futbolchilar, muxlislar, ishchi va rasmiy shaxslar futbol o'ynash va undan zavq olish uchun xavfsizlikda bo'lishlari kerak. Men mas'ul organlarni barchasiga etarli darajada rioya qilishga chorlab qolaman", - dedi Infantino ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif