Inestaning otasi: “Andres faoliyatini “Barselona”da yakunlashni xohlaydi”

25 sen 2013, 10:50
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Anres Inestaning otasi Xose Antonio Inesta, klub bilan shartnomani uzaytirish borasida olib borilayotgan muzokaralarning qiyin kechayotganligiga qaramay, uning o'g'li kataloniya klubida qolishni istayotganini ta'kidlab o'tdi.

“Andres faoliyatini “Barselona”da yakunlashni xohlaydi. Andresni yaxshi bilganlar uning so'zlariga shubha bilan qaramaydi.

U 18 yildan beri shu jamoada to'p surib kelmoqda. Andres keyinchalik ham jamoaning muhim o'yinchilaridan bo'lib qolaveradi”, - deydi katta Inesta.


Manba: sports.ru