Inesta "Vissel Kobe" sardoriga aylandi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta jamoa yangi sardoriga aylandi.

34 yoshli ispaniyalik o'tgan yilning yozida Yaponiya klubiga o'tgan edi. Shu kungacha sardorlik bog'ichi jamoaning boshqa yulduzi - Lukas Podolskida edi.

Inesta 2002-2018 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum Yaponiya chempionatining 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: vissel-kobe.co.jp