Inesta: "Uning o'tishi "Barselona"ni yangi darajaga olib chiqadi"

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2024, 15:37
Andres Inesta Niko Uilyamsning "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.

"Uning o'yin sifati milliy terma jamoaga mos keladi. Faqatgina Niko yoki Lamin (Yamal) emas, Fabian (Ruis), Rodri, Olmo va boshqa o'yinchilar haqida ham shunday deyish mumkin.

Niko klubi bilan ham ajoyib mavsum o'tkazdi, shu sabab uning ismini katta klublar bilan bog'lashadi. Uning "Barselona"ga o'tishi klubni yangi darajaga olib chiqadi. Ko'ramiz, nima bo'larkin", - dedi Inesta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com