Inesta orden bilan taqdirlanadi

5 may 2018, 01:07
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta sportni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun mamlakatning sport sohasidagi eng oliy mukofoti – Katta xoch Qirollik ordeni bilan taqdirlanadi.

Ilgari ushbu orden bilan Ispaniya termasining sobiq futbolchilari Iker Kasilyas va Xavi Ernandes taqdirlanishgan edi.

JCH-2010 finalida hal qiluvchi gol urib, Ispaniyani jahon chempioniga aylantirgan Andres Inesta 16 yillik faoliyatidan so'ng joriy mavsum yakunida “Barselona”ni tark etishi haqida ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN