Inesta - "Golden Foot-2014" sovrini sohibi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2014
Barselona va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta 28 yoshdan katta futbolchilarga topshiriladigan ananaviy Golden Foot sovriniga ega chiqdi.
30 yoshli futbolchidan tashqari bu sovringa quyidagi o'yinchilar davogar edi: Krishtianu Ronaldu (Real), Yaya Ture (Manchester Siti), Andrea Pirlo (Yuventus), Manuel Noyer (Bavariya), Terri Anri (Nyu-York Red Bulls), Ueyn Runi (Manchester Yunayted), Frank Riberi (Bavariya), Tiago Silva (PSJ) va Tyurese hujumchisi Marta.

Eslatib o'tamiz, 2013 yilda bu sovrinni Dide Drogba qo'lga kiritgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru