Inesta: "Barselona"ga qarshi o'ynash klubimiz uchun sharaf"

26 iyul 2019, 19:55
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Barselona"ga qarshi o'ynash klubimiz uchun sharaf. Albatta bu biz zavq olishga harakat qiladigan maxsus o'yin. Shaxsan men uchun sobiq jamoadoshlarimga qarshi o'ynash alohida ahamiyatga ega. Qo'limizdan kelganicha muxlislarga ajoyib muhitni yaratishga harakat qilamiz. Yaxshi va chiroyli futbol ko'rsatishni xohlaymiz va bunga intilamiz", - deydi Inesta.

O'yin shanba, 27 iyul kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com