Inesta: "Barselona" raqobatbardosh bo'lishi uchun, jamoaga yangi futbolchilar kerak"

Aslanov Jasurbek
31 may 2017, 13:45
"Barselona" yarim himoyachilari Andres Inestaning so'zlariga ko'ra, jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yish uchun klub yangi futbolchilarni sotib olishi kerak.

"Barselona" raqobatbardosh bo'lishi uchun jamoaga yangi futbolchilar kerak. Har bir mavsum oldidan yangilik kerak. Ko'p sovrin yutganingda ham shunday. Doimo umidni yangilash lozim, ayniqsa hozir. Chempionlar ligasida raqobatbardosh bo'lish uchun bizga bir qadam yetmadi" - deydi Inesta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero