“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta “PSJ” hujumchisi Neymarning “Real”ga o'tishi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Neymar “Real”ga o'tasa, u madridliklar uchun qo'shimcha ustunlik degani. Sababi dunyodagi eng moslashuvchan futbolchilardan biri. Ammo o'ylashimcha, bu transfer amalga oshsa, “Barselona”dagilar aqldan ozib qolishmaydi”, dedi Inesta.