

“Arema” o'z maydonida “Persebaya”ni qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Huquq-tartibot idoralari xabariga ko'ra, mag'lub bo'lgan jamoa muxlislari tribunadan maydonga chiqib ketgan. Policiya esa ularni tinchlantirish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va bu oqibatda ishqibozlar orasida tiqilinch hamda bo'g'ilish holatlarini yuzaga keltirgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tartibsizliklar natijasida 129 kishi halok bo'lgan va 180 nafari turli darajada jarohat olgan.
Qayd etilishicha, yuz bergan hodisa tufayli mamlakatda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgan.



