Incheon-2014. Ertaga futbol musobaqasi uchun qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014, 22:05
Xabaringiz bor, shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo O'yinlari bo'lib o'tadi.
Ertaga, 21 avgust kuni  ushbu musobaqaning futbol musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Unga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi birinchi savatchadan o'rin oladi va shu savatchadagi jamoalar bilan bir guruhdan o'rin olmaydi.

Birinchi savatcha: Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Eron, KXDR, O'zbekiston, Ummon, Tailand.
Ikkinchi savatcha: Qatar, Quvayt, Vetnam, Malayziya, Gonkong, Xitoy, Hindiston, Maldiv orollari
Uchinchi savatcha: Falastin, Singapur, Iordaniya, Pokiston, Qirg'iziston, Bangladesh.
To'rtinchi savatcha: Afg'oniston, Indoneziya, Iroq, Laos, Nepal, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Sharqiy Timor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia