Incheon-2014. Aleksey Mochalov oltin medal sohibi!

Narzulla Saydullayev
29 sen 2014, 07:34
Osiyo o'yinlarining to'qqizinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi.
Baydarkaning 1000 metr masofaga o'tkazilgan yakkalik bahslarida terma jamoamiz a'zosi Aleksey Mochalov Osiyo o'yinlari chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz 3 daqiqayu 39.878 soniya vaqt bilan marra chizig'ini birinchi bo'lib bosib o'tdi. Ikkinchi o'rinni eronlik Ahmadrizo Tolibian egallagan bo'lsa, qozog'istonlik Yuriy Berezincev bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com