Immobile "Yuventus"ni taslim etdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
14 okt 2017, 23:07
Biroz avval Italiya A Seriyasi 8-turi doirasidagi "Yuventus" - "Lacio" uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

O'yinda dastlab Duglas Kosta hisobni ochgan bo'lsada, ikkinchi bo'lim avvalida Chiro Immobile dubl qayd etdi va "keksa sinoralar"ni taslim etdi. Qayd etish joiz, bellashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida turinliklar to'purari Paulo Dibala penaltidan unumli foydalana olmadi.

A Seriya

14.10.2017, 8-tur

Turin, "Yuventus stedium"

"Yuventus" - "Lacio" 1:2

Gollar: D.Kosta 23 - CH.Immobile 47, 54 (pen.)

Amalga oshirilmagan penalti: P.Dibala 90

"Yuventus": Buffon, Kellini, Bardzali, Lixtshtayner (S.Sturaro, 72), Duglas Kosta (F.Bernardeski, 54), Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Xedira (P.Dibala, 65), Mandjukich, Iguain.

"Lacio": Strakosha, de Vrey, Radu, Marushich, Bashtush, Milinkovich-Savich, Lulich (Patrik, 84), Luis Alberto (Nani, 72), Parolo, Leyva, Immobile (F.Kaysedo, 76).

Ogohlantirishlar: J.Buffon 52, S.Sturaro 90 - Patrik 90







"Yuventus" - "Lacio" 1:2


Italiya chempionati turnir jadvali >>> A Seriya

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia