Immobile: "Borussiya"ning hech bir futbolchisi 8 oy davomida meni kechki ovqatga taklif qilgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2015, 11:19
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Chiro Immobilening takidlashicha, u o'zini Germaniyada yaxshi his qilayotgani yo'q.

"Nemislar - juda sovuq kishilar. U yerda hech narsa qilib bo'lmaydi. "Borussiya"da sakkiz oydan beri o'ynayotgan bo'lsam, hech bir futbolchi meni kechki ovqatga chaqirgani yo'q" - deydi Immobile.

Eslatib o'tamiz, Immobile Germaniya chempionatining 15ta uchrashuvida maydonga tushib 3ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com