Iminov eng katta maqsadi va "Buxoro"ning imkoniyatlari haqida gapirdi

7 yanv 2023, 16:49
Superligaga qaytgan "Buxoro" klubi matbuot xizmati Humoyunmirzo Iminov jamoada qolishini e'lon qildi.

Shundan keyin 22 yoshli yarim himoyachi bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik. 

- Humoyunmirzo, o'tgan mavsum oxirida "Paxtakor"ning chempionligidan ko'proq quvondingizmi yoki "Buxoro" Superligaga qaytganidanmi?

- Assalomu alaykum. Mavsumning birinchi qismini "Paxtakor"da o'tkazgandim. "Sherlar" chempion bo'lishini xohladim. "Buxoro"ning elitiga qaytishiga yordam berganim uchun xursandman. Esda qolarli yil bo'ldi.

- Sizni "Buxoro"ga kim taklif qildi?

- Murabbiylar shtabi chaqirdi. Lekin bu o'tishda akam (Sardor Eminov - tahr.)ning ham hissasi katta.

- Bu yil ham Buxoroda qolishingiz aytilyapti. "Paxtakor" sizni ijaraga berdimi yoki..?

- Yo'q, "Buxoro" transfer huquqimni sotib olgan. Endi shu jamoaga tegishliman.

- Klubning bu yilgi imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Jamoa autsayderlar zonasiga tushib qolmaydimi?

- Hakim aka Fuzaylov yaxshi jamoa shakllantiryapti. Hali hammasi oldinda. Xudo xohlasa, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.

- Iminovning oldidagi shaxsiy maqsadlari qanaqa? 

- Bu yil o'sishga erishmoqchiman. Eng katta niyat esa terma jamoada o'ynash.

Ma'lumot uchun, Humoyunmirzo Iminov o'tgan mavsum "Buxoro" libosida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Faxriddin yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia