Ilkay Gyundogan: "Manchester Siti"ning omadi keldi"

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 12:29
"Manchester Siti" futbolchisi Ilkay Gyundoganning fikriga ko'ra, YCHL finalidagi g'alabada omadning o'rni katta bo'ldi.

"Juda xursandmiz. Ichimizdagi hissiyotlarni aytish juda qiyin bo'lmoqda.

Ikkala jamoa uchun ham og'ir bo'ldi. Birinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik. Vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz deb o'yladik. Tan olish kerak, barchasi 50ga 50 bo'lib ketdi. To'p darvozamiz yaqinida bo'lganida omadimiz keldi.

Barcha muxlislar trebl haqida gapirdi. Shu sababli bosim juda oshib ketdi. Biz esa vaziyatdan chiqib keta oldik", - dedi "shaharliklar" sardori.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com