

Samarqandda 12 yanvardan buyon davom etayotgan mashg'ulotlarda murabbiylar asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga e'tibor qaratishmoqda.
Jamoa a'zolari qatorida tajribali futbolchi Ilhom Yunusov ham "Dinamo" safida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Samarqandlik yarim himoyachi o'tgan mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubi safida o'tkazgan edi.



