Ilhom Hamroev “Navbahor” bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

Aslanov Jasurbek
6 dek 2021
Futzal bo'yicha Oliy ligasining 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Huaxin-Jizzax” (3:7) uchrashuvi yakunlandi. O'yindan so'ng jizzaxliklar yetakchi futbolchisi Ilhom Hamroev bilan suhbatlashdik.

“Xabaringiz bor, kecha biz mag'lubiyatga uchradik. Raqibimizning kuchiga to'g'ri baho bermaganimiz sababli yutqazib qo'ydik. Bugun ushbu xatolardan xulosa chiqargan holda maydonga tushdik. Yaratilgan imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalangan holda raqib darvozasini ishg'ol etdik. Shuning evaziga muhim bo'lgan uch ochkoga ega chiqdik. 

Chempionlik poygasida bizdan tashqari, boshqa jamoalar ham kurashmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz chempionlik hisoblanadi. Bunga erishish uchun oxirigacha kurashamiz”, - deya so'zini yakunladi Hamroev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia