Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi "Borussiya" ishtirokidagi o'yinni boshqaradi

Alisher Ostonov
14 iyun 2025, 22:52
Ilgiz Tantashev va uning jamoasi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida 1-tur o'yinida ishlaydi.

Joriy yilning 14 iyunidan 13 iyuliga qadar Amerika Qo'shma Shtatlarida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tadi. Turnirda Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz “Fluminense“ – “Borussiya Dortmund” o'rtasidagi 1-tur uchrashuviga tayinlov oldi.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin (barchasi – o'zbekistonlik), Omar Al-Ali (BAA).

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати