Ikki xissa kuch bilanmi yoxud ular bugun sobiq jamoalariga qarshi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2013, 13:40
Bugun sobiq jamoasiga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchilar ham bor.
Birinchi davrani boshqa bir jamoada o'tkazib, davralar oralig'ida boshqa bir jamoaga borib ko'nim topgan futbolchilar ham talaygina topiladi. Bugungi 14-tur o'yinlaridan oldin e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu borada bir nechta futbolchilarni ko'rishimiz mumkin. 

"So'g'diyona" - "Olmaliq"

Ikki yil davomida "Olmaliq" libosida harakat qilgan Maruf Murodov oraliq tanaffusda jamoasi bilan xayrlashgandi. Shundan so'ng futbolchi oliy liganing boshqa bir jamoasi "So'g'diyona" yig'inida paydo bo'ldi. Aytishlaricha Murodov ikkinchi davrani jizzaxliklar safida o'tkazishi aniq bo'lib ulgurgan. Shu bois u bugun yangi jamoasi tarkibida sobiq jamoasi bo'lmish "Olmaliq"qa qarshi to'p surishi mumkin.

"Neftchi" - "Sho'rtan"
Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, transfer oynasida sezilarli o'zgarishlarga qo'l urgan "Neftchi" o'z safiga bir qator yetakchi futbolchilarni qo'shib oldi. Xususan mavsumning birinchi qismini "Sho'rtan"da o'tkazgan Vyacheslav Ponomaryov endilikda farg'onaliklar uchun to'p suradigan bo'ldi. Shuning uchun katta extimol bilan bugun Ponomaryov sobiq jamoasiga qarshi o'ynashi mumkin.

"Sho'rtan" jamoasiga "Neftchi"dan kelib qo'shilgan Aziz Alijonov ham bugungi o'yinda sobiq jamoasiga qarshi to'p surishi kutilayotgandi. Ammo ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi har ikkala jamoa kelishuviga ko'ra "Neftchi"dan ijaraga berilgan va u ushbu jamoaga qarshi o'ynamasligi kelishib olingan.

"Dinamo" - "Qizilqum" 

"Dinamo" bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham oraliq tanaffusda jamoasini kuchaytirishga harakat qildi. Chiziqlar o'rtasidagi raqobatni oshirish maqsadida sobiq jamoasi bo'lmish "Qizilqum"dan to'rt nafar o'zi yaxshi bilan shogirdlarini "Dinamo"ga chorladi. Bular Alisher Samatov, Azamat Abdullaev, Farrux Shotursunov va Avaz Agalievdir. Birinchi davrada "Qizilqum" uchun to'p surgan ushbu futbolchilar bugun "Dinamo" libosida harakat qilishi kutilmoqda.

Biz yuqorida sobiq jamoasiga qarshi to'p surishi mumkin bo'lgan o'yinchilarni eslab o'tdik. Unda biz birinchi davradan so'ng jamoasini o'zgartirib, bugun esa o'sha jamoasiga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgan o'yinchilarni nazarda tutdik. Masalaga keng qamrovda yondoshadigan bo'lsak, bu borada ko'plab futbolchilarni nomlarini ko'rsatish mumkin.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia