Iker Kasilyas: "Vaqti kelganda futboldan ketaman, hozircha hammasi tinch"

17 may 2019, 19:20
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini yakunlashi to'g'risidagi xabarni tasdiqlamadi.

"Men futboldan ketadigan kun keladi. Lekin, iltimos bu ma'lumotni o'zim e'lon qilishimga imkon bering. Ayni vaqtda hammasi tinch. Kecha shifokor Filipp Masedu ko'rigidan o'tdim, hammasi yaxshi. Men mana shu ajoyib yangilikni bo'lishishni xohladim", - deya Kasilyas o'zining rasmiy Tvitter sahifasida post qoldirdi.

Kasilyas faoliyatini yakunlaydi va "Portu" klubi tizimida qoladi

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/IkerCasillas