Iker Kasilyas terma jamoaga qaytmoqchi

Tolibjon Qosimov
5 okt 2018
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya termasiga qaytishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

37 yoshli darvozabon murabbiy Luis Enrike bilan bog'langan va milliy terma jamoa uchun o'ynashga tayyorligini aytib o'tgan.

Kasilyas "Qizil furiya" safida 2016 yildan beri o'ynagani yo'q. U Ispaniya termasida eng ko'p o'yin o'tkazgan (167) futbolchi hisoblanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun