Iker Kasilyas: “Mavsum davomida treblni amalga oshirish “Real”ning qo'lidan keladi”
Tolibjon Qosimov
25 fev 2014, 11:17
Madridning “Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas jamoasining barcha turnirlarda g'alaba qozona olishi mumkinligini ta'kidladi.
- Ushbu mavsumda “Real” barcha sovrinlarni qo'lga kiritsa yaxshi ish bo'lardi. Bu qiyin vazifa bo'lsada, lekin buni uddalasa bo'ladi, - Kasilyasning so'zlarini keltiradi Marca.