Ikardi: "PSJda o'zimni juda yaxshi his qilyapman"

Mirjalol Normatov
15 may 2020, 19:25
PSJ tarkibida ijarada o'ynayotgan "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi Parij klubida o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi.

"Bu yerda o'zimni juda yaxshi his qilayotganimni aytishim mumkin. Parijga nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatgani kelganman. Hozircha barchasi yaxshi ketmoqda. Kelishim bilanoq yangi jamoadoshlar bilan yaxshi muloqot o'rnatib oldim va bu moslashish jarayonida asqotdi. Jamoa ko'plab sovrinlar yutishi uchun men bu yerdaman", - dedi Ikardi.

Oldinroq futbolchining agenti va rafiqasi Vanda Nara ushbu mavsum yakunlanganidan keyin futbolchining o'zi kelajagi borasida qaror chiqarishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal