

Milanliklar hujumchisi Gonsalo Iguain ana shu uchrashuvni oxiriga etkaza olmadi.
Argentinalik forvard raqib yarim himoyachisi Rolando Mandragora bilan to'qnashuvdan so'ng almashtirishlarini so'radi va 35-daqiqada belini ushlagan holda maydonni tark etdi.
11 noyabr kuni "Milan" va "Yuventus" jamoalari o'zaro bahs olib boradilar. Eslatib o'tamiz, 30 yoshli hujumchi yozda keyinchalik 54 million evroga sotib olish sharti bilan Turin klubidan ijaraga olingan edi.

Joriy mavsum Iguain 5ta gol urdi va bitta golli pas berdi.




