

FIFA reglamentiga ko'ra Real transferning 2,5 foizi tegishi lozim, sababi argentinalik futbolchi bungacha Madrid klubida o'ynagan.
Agar futbolchi klub tizimida 12-15 yoshligi vaqtida o'ynagan bo'lsa, har yil uchun tovon puli 0,25 foizni, 16-23 yosh oralig'ida o'ynagan bo'lsa - 0,5 foizni tashkil qiladi.
Realda Iguain 19-23 yosh oralig'ida o'ynagan, shu bois Madrid klubiga 2,5 foiz ulush tegadi.
Shunday qilib, FIFA reglamentiga ko'ra Yuventus transfer amalga oshganidan so'ng 30 kun ichida Realga 2,25 million evro to'lab qo'yishi lozim.



