

"Jamoaning joriy mavsumdagi startidan mamnunman. Biz Chempionlar ligasi pley-offiga va Italiya Kubogi yarim finaliga chiqdik. Menda hammasi yaxshi, etarlicha gol urdim. Hozir yaxshiroq o'ynashga e'tibor qaratganman.
Biz birinchi o'rindamiz, demak hammasini to'g'ri bajaryapmiz. Tanqid va maqtovlarga e'tibor bermasligimiz lozim. Hamma o'z xatosini va to'g'ri qilayotganini yaxshi biladi. Biz o'zimizni munosib tutishimiz kerak" - deydi Iguain.



