

Bahsning 75 daqiqasida argentinalik to'psiz xolatda raqib himoyachisi Felipega zarba berdi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bundan so'ng u hakamni va ikkala jamoa futbolchilarini turtkilay boshladi. Kiyinish xonasiga borgunicha u hammaga baqirishga ulgurdi.
Odatda bunday o'zini tutish uchun 3 ta uchrashuvgacha chetlatishadi, ammo hakamlar Gonsaloning harakatlarini shafqatsizlik sifatida qabul qilsa futbolchi ko'proq o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.



