Igor Taran "Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi"ga a'zo bo'lgani uchun taqdirlandi

Aziz Tukhtamuradov
25 avg 2015, 17:19
Xabaringiz bor, o'tgan turda "Sho'rtan" futbolchisi Igor Taran O'zbekiston chempionati va kubogidagi o'zining 100-golini kiritdi.

Shu munosabat bilan u bugun "Sho'rtan" - "Paxtakor" bahsi oldidan "Gennadiy Krasnickiy klubi"ga a'zo bo'lgani uchun taqdirlandi.

Unga ushbu sovrinni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi fahriylar kengashi a'zosi, o'tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo'lgan To'lagan Isoqov topshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia