
“Bugun ko'p golli o'yin bo'ldi. Natijadan to'la qoniqdim desam bo'ladi. Futbolchilarim o'z o'yinlari bilan stadionga yig'ilgan muxlislarimizni xursand qilishda deb o'ylayman. Birinchi davra haqida to'xtalsam, o'zimiz olmoqchi bo'lgan ochkolarni ko'pini boy berdik. Davrani kuchli oltilikda tugatgan bo'lsak ham baribir bu o'rin meni qoniqtirmadi. Undan yuqoriroqda ham joylashishimiz mumkin edi. Endi bir oylik tanaffus bo'ladi. Biz bu tanaffusni bekorga o'tkazmoqchi emasmiz, yigitlarda texnik tomonlama yanada kuchaytirish rejada bor. Ikkinchi davraga yaxshilab tayyorgarlik ko'ramiz. Mavsumning ikkinchi qismida umid qilamanki ko'p ochko yo'qotmaymiz”, - deydi Igor Shkvirin.
Abror Qodirov yozib oldi.
Abror Qodirov yozib oldi.