Igor Shkvirin: "Yo'qotishlar o'z ta’sirini ko'rsatdi"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 21:30
“Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida birinchi bo'lib olmaliqliklar ustozi ishtirok etdi.
- Tarkibimizdagi yo'qotishlar mag'lubiyatimizning asosiy omili bo'ldi. Chunki uchta yetakchi futbolchimiz kartochkalar tufayli bugun bizga yordam bera olishmadi. Undan tashqari, shogirdlarim bergan ko'rsatmalarimni bajara olishmadi. Raqibga mahorat bobida imkoniyatni boy berdik. Bizning zaxira o'rindig'imiz uzun emas. Zaxiradan tushib o'yinimizni kuchaytira oladigan futbolchilarimiz etarli emas. Birinchi davra bahsida “Bunyodkor”da muammolar bor edi. O'shanda toshkentliklar Osiyo Chempionlar ligasining qaysidir muhim bahsini mehmonda o'tkazib qaytgandi. Shundan foydalanib, g'alaba qozongandik, - dedi Igor Anatolevich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com