
Bugungi natija yirik ko'rinish olgan bo'lsada, o'yin tashkil etishda biroz futbolchilarda uyushqoqlik yetishmadi. Bu "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan ko'ra yaxshiroq. Shu o'rinda jamoamiz muxlislaridan o'tgan turda ko'rsatgan mazmunsiz va sifatsiz o'yin uchun uzr so'rayman. Bu jamoaning joriy mavsumdagi eng yomon uchrashuvi bo'ldi. O'yin to'g'ridan to'g'ri butun mamlakatga olib ko'rsatildi.
- Afsuski, futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Birgina Umid Xonimqulov oxirgi ikki o'yinda yaxshi taassurot qoldirganini hisobga olmaganda, ikkinchi davra oldidan qiladigan ishlarimiz ko'p. Davralar oralig'ida bazi o'zgarishlar orqali jamoa o'yinini kuchaytirishga harakat qilamiz - deydi Igor Anatolevich.