

- Futbolchilarim mening tug'ilgan kunimga yana galstuk sovg'a qilishdi. Har yili ular bu ishni takrorlab charchashmayapti. Balki PFLga meni tug'ilgan kunim yaqin paytida o'yinlarni o'tkazmaslik taklifi bilan chiqaman shekilli. O'yin borasida har tomonlama "Loko"ga yutqazdik. Raqib haqli ravishda bizni mag'lubiyatga uchratdi. Bugun butun jamoa yomon o'ynadi. Har yili tarkibimiz keskin o'zgarib ketmoqda. Nega? Chunki boshqa klublarda ularga ko'proq maosh to'lashadi. Darvozabon o'yini? Bugun boshqa darvozabon turganida ham shuncha gol o'tkazib borardik deb o'ylayman. O'tkazib yuborilgan gollarda nafaqat darvozabon, balki himoyachilarni ham aybi bor.




