Igor Shkvirin: "Futbolchilarga ishonch yetishmayapti"

Narzulla Saydullayev
20 avg 2017, 10:44
"Olmaliq" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlangach, mehmonlar bosh murabbiyi o'yin borasida o'z fikrlarini bayon etdi.

- Bo'lib o'tgan bahs aynan shu ko'rinishda o'tishini futbolchilarga aytgandik. Bu jamoa asosan standart vaziyatlardan unumli foydalanishi, iloji boricha kamroq burchak to'plari va autga olib keladigan holatlarni kamaytirish va standart vaziyatlar vaqtida har bir futbolchini individual qo'riqlash yuklatilgandi. Afsuski, futbolchilar bu borada oqsashdi. Tezkor gol ham aynan standartdan kiritildi. Shu bilan birga Zafar Polvonovning bosh bilan yaxshi o'ynashi, uni ham ko'zdan qochirmaslik aytib o'tilgandi. Nimaiki, ogohlantirgan bo'lsak futbolchilar shu holatlarga biroz e'tiborsiz bo'lishdi. Umuman olganda futbolchilar hozircha o'z kuchiga ishonmayapti. Bir marta jarima maydoniga yorib kirishdi va bu penaltiga olib keldi.

- Sanjar Rashidov diskvalifikaciyadan so'ng yana maydonga qaytdi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qildizmi?
- Sanjarning imkoniyatlari bundanda baland deb o'ylayman. U 3 o'yinda jamoaga yordam bera olmadi. Oraliq tanaffus bilan hisoblasak, bir yarim oy maydonga tushmadi. Bugun mana shu narsa ham unga halal berdi. O'ylaymanki, u tez orada yana o'z o'yinini ko'rsata boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz