Igor Shkvirin: "Farg'onalik muxlislarini yangi stadion bilan tabriklayman"

8 iyun 2015, 10:57
"Neftchi" - "Olmaliq" bahsidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Igor Shkvirin ham ishtirok etib,o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Farg'onalik muxlislarini yangi stadion bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bugun markazda futbolchilarimiz to'pni ko'p yo'qotdi, darvozabon ham ishonchni oqlay olmadi. Jamoamiz futbolchilari futbol o'ynashdan ko'ra, ko'proq gap sotishdi. Hamma o'z ishini qilgani yaxshi - deya gap boshladi Igor Anatolevich.

- Ayni damda bu ikki jamoa ham turnir jadvalida to'rtinchi o'rin uchun va Chempionlar ligasi uchun kurashyapti. Bugun olti ochkolik o'yin bo'ldi deb o'ylamayman. Oldimizda juda ko'p o'yinlar kutib turibdi. "Neftchi" ham bizning uyimizda mehmon bo'ladi.

- "Neftchi" bazi o'yinlarda yopiq o'yin ko'rsatayotgan edi, ammo bu uchrashuvda ular hujumkor o'yinni namoyish etdi. Farg'onaliklar bugu 8 golni o'tkazib yuborishdi. Biznikilar esa ko'p gol uradi va ko'p qo'yib yuborayapti - deydi Shkvirin.



Manba: championat.asia