Igor Shkvirin: "Faoliyatimda birinchi marta shunday bo'lishi"

Narzulla Saydullayev
19 noya 2017, 18:28
Oliy liganing 29-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qildi va irodali g'alabaga erishdi (2:1)

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Igor Shkvirin matbuot anjumaniga qatnashdi.

"Bugungi o'yinda jamoa o'z xarakterini ko'rsata oldi. Uchrashuvning boshida 10 kishi o'yin so'nggida esa 9 kishi bo'lib g'alabaga erishdik. Men boshqargan jamoalar ishtirokidagi o'yinlarda umumun tajribamda 9 kishi bo'lib gol ura olishi va g'alaba qozona olishi kuzatilmagan. Jamoamga rahmat aytaman.

Shogirdlarim o'yin so'nggiga qadar ruhan tushishmadi. Bir birini qo'llab-quvvatlab holatini yaxshilashga harakat qildi. Yana bir bor jamoamga rahmat aytaman. Bugun o'y uchrashuvlariga yakun yasaldi va eng muhimi jizzaxlik muxlislarni xursand qila oldik. Ular bugungi bahsdan mamnun degan umiddaman",


- deydi “So'g'diyona” bosh murabbiyi.


“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia