Igor Sergeev: "Paxtakor" - mening uyim"

Mirjalol Normatov
6 iyul 2018
"Paxtakor"ga qaytgan hujumchi Igor Sergeev qaytishi xususida fikrlarini bildirdi.

- "Paxtakor" - mening uyim. O'zimni boshqa jamoada tasavvur qila olmayman. Meni bu erda qabul qilishganidan xursandman. O'zimni ajoyib his qilyapman va jamoaga foyda keltirishni istayman.

"Paxtakor"dek jamoada bitta maqsad bo'ladi - chempionlik. Mavsum oson bo'lmaydi, ammo ijobiy natija va omadga umid qilaman. Buning uchun bor kuchimni berishga tayyorman.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pakhtakor.uz