Igor Sergeev: "Ko'proq gol urishdan boshqa barcha vazifalarni bajardik"

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2025, 10:25
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Igor Sergeev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz sababli etarlicha gol ura olmadik. Aslida, yigitlar yaxshi o'ynashdi, murabbiyning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilishdi. Menimcha, ko'proq gol urishdan boshqa barcha vazifalarni bajardik.

- So'nggi yillarda xorijda to'p tepdingiz. Ushbu davr tajriba orttirishingizga yordam berdimi?

- Albatta, yaxshi yoki yomon bo'lsin, har qanday tajriba – o'z nomi bilan tajriba, agar uni to'g'ri idrok etsangiz, har qanday holatda ham rivojlanasiz. Shuning uchun men aniq aytishim mumkin: chet el futbolini kuzatish va unga moslashish juda katta foyda beradi.

- Oxirgi o'yinlarda bosh bilan o'ynashda master-klass ko'rsatyapsiz. Jahon futbolida bosh bilan o'ynashda birinchi navbatda Zinedin Zidan yodga olinadi...

- (Kuladi) Xudoga shukurki, gol uryapman. Bilasizmi, men shunday o'ylayman: xoh bosh bilan bo'lsin, xoh oyoq bilan, farqi yo'q, asosiysi gol bo'lyapti. Men uchun eng muhimi gol urish, bosh bilanmi, oyoq bilanmi yoki ko'krak bilan – buni farqi yo'q, asosiysi to'p darvozaga kirsa bo'lgani.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia