Ignatiy Nesterov jarohatini Germaniyada davolatadi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2015
“Lokomotiv” va O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov jarohatini davolatish maqsadida Germaniyaga yo'l olishi ma'lum bo'ldi.
Avval xabar berganimizdek, Nesterov Turkiyada o'tkazilayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari chog'ida jarohat olgan. U shifokorlarga eski jarohatidan shikoyat qilib, murojaat qilgan.

Keyinroq ma'lum bo'lishicha, Nesterovning chap tizzasidagi to'qimalari uzilgan va darvozabon ancha muddatgacha maydonga tusha olmasligi aniqlangan.

Jamoa shifokorlari dastlabki tibbiy ko'rikdan so'ng Nesterovga jarroxliq amaliyotini Germaniyada o'tkazishni tavsiya qilishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz