Uchrashuvning so'nggi soniyalarida raqib futbolchisining qaytarib jamoamizni goldan qutqarib qolgan posbonimiz o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin so'nggida mo'jizaviy vaziyat ro'y berdi...
- Bu mo'jiza emas. Shunchaki men jamoaga, jamoa menga yordam berdi. Futbol jamoaviy o'yin, unda bitta odam o'ynamaydi. Yutuq ham barchaniki.
- Yodingizda bo'lsa Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda ham deyarli shunday vaziyat ro'y bergandi.
- Ha o'shanda ham havodan oshirilgan to'p oxir-oqibat darvozamizga kirib ketgandi. Bu futbol, gohida to'pni qaytarsa bo'ladi, gohida buning iloji bo'lmaydi.
- Yomg'ir yoqqani futbolchilarga qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?
- Menimcha yomg'ir yoqqani bizga foyda bo'ldi. Sababi yomg'ir tingach yigitlar o'ziga keldi va bir qator vaziyatlar sodir etildi.
- Birinchi bo'limda bitta xatoga yo'l qo'ydingiz. O'sha vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Ismoilov va Mullajonov raqib futbolchisini qo'riqlashayotgandi. Men to'pga chiqib uni ushlamoqchi bo'lganimda hujumchi turtib yubordi. Hakam o'sha vaziyatda qoida buzilmadi deb topdi. Yaxshiyam Anzur xatoni to'g'riladi.
- Butun o'yinni olsak KXDR qanday taassurot qoldirdi?
- Raqib bizdan cho'chibroq o'ynadi. Ular himoyada harakat qilib asosan qarshi hujumda o'ynashdi. Bitta bo'yi uzun hujumchisi bor ekan, ko'p to'p uzatishlar unga qaratildi.
Nodirxo'ja Yuldashev
Sidney