
Sport kanali orqali efirga uzatilgan "Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni bo'lgan "Lokomotiv" sport direktori Ravshan Muqimov jamoa posboni Ignatiy Nesterovning holati bo'yicha ma'lumot berib o'tdi.
"Ignatiy Nesterovning jarohati kutilganidek jiddiy bo'lib chiqmadi. Klub shifokorlarining aniqlashicha, Nesterov uzog'i bilan 4 oy ichida yana safga qaytishi mumkin. Bu xabar uning raqobatchilarini ranjitishi mumkin. Lekin jamoamiz uchun bu juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ignatiy Nesterov tez orada yana yashil maydonga qaytadi", - deydi Ravshan Muqimov.